Илк ўрта асрларда суғд, хоразм аҳолисининг халқаро муносабатларда ва савдо-иқтисодий алоқаларда моҳир инсонлар бўлганлигига оид маълумотлар тарихий манба ва адабиётларда сақланиб қолинган.
Surunkali yiringli o'rta otit inson hayotini birinchi o'n
yilligida shifokor tomonidan albatta nazorat qilinib
turilishi kerak bo'lgan va eng ko’p tarqalgan kasalliklar
qatoriga kiritiladi; o'tkir o'rta otitda yallig'lanish jarayoni
uzluksiz 12 hafta davomida to'xtamay davom etsa
surunkali o'rta otit deb atala boshlaydi va buning asosiy
shakllari sifatida serozli o'rta otit, sekretorli o'rta otit,
«glue» quloq va yiringli o'rta otitlar ajratiladi [66].
SYO'Oning kechishi aksariyat alomatlarsiz ham bo'lishi
mumkin yoki eshituvni pasayishi, diskomfort. bosh
aylanishi yoki muvozanatning buzilishi va shu kabi
belgilar bilan davom etadi [60]. Xastalikning qaytalanishi
va kuchayishi yilning barcha fasllarida kuzatiladi. ammo
ko'proq kasallanish darajasining ortishini kuz va qish
oylariga to’g'ri kelishi (respirator a'zolar infekciyalari
payti) tadqiqotchilar tomonidan ko'rsatiladi